Komil Allamjonov unga suiqasd qilishda ishtirok etganlar qamalganidan so‘ng voqea haqida post qoldirdi. “O‘tgan 5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani faqat o‘zimga, oilamga, eng yaqinlarimga ayon. Haqiqat egilganda egilib, bukilganda ham 2 bukilib baribir sinmadi, u baribir yuzaga chiqdi. Yuzaga chiqadi ham”, deya yozdi u.
Harbiy sud Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar ayblanuvchiga hukm o‘qidi. Unga ko‘ra, Shuhrat Rasulovga 23 yil, Javlon Yunusovga 18 yil 6 oy, Shoxrux Axmedovga 23 yil, Ismoil Jahongirovga 23 yil va Doniyor Tashxodjayevga 7 yilga qamaldi.
Oliy sud Komil Allamjonov atrofidagi 7 nafar fuqaroning (qo‘riqchilar, haydovchi va boshqalar) shikoyatlarini ko‘rib chiqishni boshladi. Advokatning aytishicha, ular asossiz ravishda 15 sutkaga qamoqqa olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ish sud-huquq tizimidagi “ko‘p sonli kamchiliklarni” ochib beradi.
O‘zbekiston Harbiy sudi Prezident administratsiyasi departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Mahkama mutlaqo maxfiy boshlandi, deydi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov.
Deputat Odiljon Tojiyev Checheniston rahbarining Komil Allamjonov va Dmitriy Liga tahdidlarini mamlakat ichki ishlariga aralashish deb qoraladi. U Ramzan Qodirovni kechirim so‘rashga va (agar u do‘st bo‘lsa) qidiruvdagi ikki fuqaroni topishda yordam berib, ularni O‘zbekistonga topshirishga chaqirdi.
Komil Allamjonovga nisbatan qotillikka suiqasd ishi bo‘yicha ikki nafar Rossiya fuqarosi — Bislan Rasayev va Shamil Temirxanovga qidiruv e’lon qilindi. Ular qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda o‘qotar qurolning qonunga xilof muomalasida ayblanmoqda.
Bosh prokuratura Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirishda gumon qilinayotganlar 7 kishiga yetganini bildirdi. Xususan, ulardan biri Javlon Yunusov Janubiy Koreyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Yana birining Qozog‘istonda yashiringan manzili aniqlandi.
Bosh prokuratura Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirishda gumon qilinayotgan yana uch shaxs hibsga olinganini ma’lum qildi. Avvalroq bir gumonlanuvchi hibsga olingandi.
Ichida Komil Allamjonov bo‘lgan yo‘ltanlamasga o‘q uzishda gumonlanganlardan biri ushlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi.
Kechasi Qibray tumanida 2 noma’lum shaxs Range Rover mashinasiga bir necha marta o‘q uzgan. Bosh prokuratura xabarida faqat haydovchi haqida ma’lumot berilgan, ammo manbalarga ko‘ra mashinada Komil Allamjonov ham bo‘lgan. U ham, haydovchi ham jarohatlanmagan. Gumonlanuvchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbarligidan ketgan Komil Allamjonov xususiy sektorga qaytishini ma’lum qildi. 2022-yilda u administratsiya rahbari o‘rinbosari bo‘lgach, kompaniyalarini boshqa egalariga o‘tkazishini aytgandi: “Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman”.
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasining yangilangan tarkibini tasdiqladi. Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi, sobiq energetika vaziri Alisher Sultanov energetika xavfsizligi bo‘yicha maslahatchi, Komil Allamjonov axborot siyosati departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekistonda so‘z erkinligi darajasini izohlab, 2016-yil oxiridan buyon bu boradagi islohotlar natijalariga adekvat baho berish kerakligini aytdi. Komil Allamjonov esa so‘z erkinligi darajasini 5,5 balga baholab, hali qilinadigan ishlar ko‘pligini aytdi.
Nozima Davletova Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashiga rahbar bo‘ldi. Bungacha u jamg‘arma direktori bo‘lgan. Mazkur lavozimda avvalroq Komil Allamjonov ishlagan edi.
Komil Allamjonov O‘zbekiston ta’lim sohasida velosiped ixtiro qilmasdan, “eng ilg‘or” — Finlyandiya tizimini — “shartta olib, o‘ziga adaptatsiya qilishi” kerakligini aytdi. Unga ko‘ra, matematika, fizika va ximiya qonunlari hammayoqda bir xil, faqat o‘qitish metodikasi farqli.
Prezident Administratsiyasi rahbarining topshirig‘i bilan darsliklar sifatini tekshirish bo‘yicha ishchi guruhi tashkil etildi. Bundan tashqari, darsliklarni tayyorlash, nashr etish, tannarx va tarqatish tizimini tanqidiy ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonovning ta’kidlashicha, «No Photo, No Video» muammosi O‘zbekiston ijtimoiy hayotidan allaqachon yo‘qotilishi kerak edi. «Ayrim o‘zboshimchalik bilan joriy qilingan taqiqlar jamiyatga zarar keltirishi muqarrar», — dedi u.
Prezident Administratsiyasi rahbarining yangi o‘rinbosari Komil Allamjonov Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi lavozimini tark etishi hamda barcha bizneslarini boshqa egalariga topshirishini ma’lum qildi. “Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman”, — dedi u.
Komil Allamjonov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting